Uchrashuv davomida tomonlar muhandislik va texnika sohalarida ilmiy-texnologik hamkorlikni kuchaytirish, ilgʻor muhandislik maktablarini yaratish, Oʻzbekistonda Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filialini ochish, 11 ta yoʻnalishni oʻz ichiga olgan qoʻshma ilmiy tadqiqotlar tanlovini eʼlon qilish masalalarini muhokama qildilar.
Shuningdek, joriy yil 30-aprelda Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan MDH innovatsion rivojlanish forumi hamda MDH Ilmiy-texnik va innovatsion sohalarda hamkorlik boʻyicha davlatlararo kengashning navbatdagi yigʻilishiga oid tashkiliy ishlar koʻrib chiqildi.
Uchrashuv yakunida oʻzaro strategik aloqalarni yanada mustahkamlash boʻyicha istiqboldagi hamkorlik yoʻnalishlari belgilab olindi, deb xabar beradi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati.








