Oʻzbekiston va Rossiya oʻquvchilarni xalqaro olimpiadalarga birgalikda tayyorlaydi

    Xalqaro hamkorlik 16 Aprel 2021 844

    XTV matbuot xizmatining xabar berishicha, Xalq taʼlimi vazirligi delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasiga amaliy tashrif bilan boʻlib turibdi.

    Navbatdagi muzokaralar Moskva davlat universiteti prorektorlari Yuriy Mazey va Tatyana Kortava, yetakchi olimlar Valentin Nenaydenko va Vladimir Chub bilan boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuv davomida kimyo boʻyicha Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi direksiyasi rahbari Valentin Nenaydenko oʻzbekistonlik oʻquvchilarning soʻnggi paytda koʻrsatayotgan natijalarini eʼtirof etib, bunda alohida oʻrinni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi akademik litseyda shakllangan ilmiy maktab egallashini qayd etdi.

    Muzokaralar davomida kimyo va biologiya fanlari boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasini jahon olimpiadalariga tayyorlash jarayoniga MDU olimlarini trener sifatida jalb qilish hamda ikki davlat yoshlari ishtirokida hamkorlikda qoʻshma yigʻinlar, yozgi taʼtil vaqtida oʻzbek va rus oʻquvchilari oʻrtasida “Onlayn olimpiada” oʻtkazilishiga kelishildi.