O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

    Hukumat 9 Avgust 2023 4092

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan 9-avgust kuni o‘tkazilgan telefon orqali muloqotida O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

    Savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish va faol gumanitar almashinuvni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.

    Ikki mamlakat yetakchilari bo‘lajak tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqib, yaqin muddatlarda qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini, O‘zbekiston-Rossiya hududlar, ta’lim va media forumlarini o‘tkazish muhimligini ta’kidladilar.

    Mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.