Muloqot avvalida bosh kotib Saudiya Arabistoni va Oʻzbekiston oʻrtasidagi aloqalar kun sayin rivojlanib borayotganini va bu ikkala mamlakat hukumatlarining aniq saʼy-harakatlari natijasi ekanini taʼkidladi. U, shuningdek, Akademiyada Oʻzbekistonning 10 nafar fuqarosi taʼlim olayotganini bildirdi. Istiqbolda Akademiyada oʻqiydigan oʻzbekistonlik talabalarning sonini oʻttiz nafarga yetkazish rejalari maʼlum qilindi.
Oʻzbekiston rasmiy vakili taʼlim yoʻnalishidagi hamkorlik koʻlamini kengaytirish, Akademiya va mamlakatimizdagi xususiy universitetlar oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish, oʻzbekistonlik talabalar uchun qabul kvotalarini oshirish, ikki mamlakat mutaxassislari tajriba almashinuvini yoʻlga qoʻyish singari qator takliflarni ilgari surdi.
Akademiya bosh kotibi ushbu takliflarni toʻliq qoʻllab-quvvatlashini va amaliy ishlarni boshlash uchun zarur koʻmak koʻrsatishini tasdiqladi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.