Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirliklarining maslahatlashuvi boʻlib oʻtdi

    Xalqaro hamkorlik 29 Iyun 2021 864

    2021-yilning 29-iyun Oʻzbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Qirolligi Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 4-davrasi videokonferensiya shaklida boʻlib oʻtdi.

    Delegatsiyalarga Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidiqov va Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Iyd al-Saqafiy boshchilik qilishdi.

    Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning holati hamda rivojlanish istiqbollarini, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy masalalar boʻyicha oʻzaro hamkorlikni muhokama qildilar.

    Suhbat chogʻida Saudiya tomoniga soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda hayotning barcha jabhalarida amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar haqida batafsil maʻlumot berildi. Bu ikki mamlakat oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yana-da rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochib bermoqda.

    Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik masalalari, oʻzaro savdo hajmi va turlarini yana-da koʻpaytirish, tomonlar uchun ustuvor yoʻnalishlarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga alohida eʻtibor qaratilmoqda.

    Boʻlajak turli darajadagi qoʻshma tadbirlarning jadvali va tashkiliy jihatlari koʻrib chiqildi.

    2021-yil 15-16-iyul kunilari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada Saudiya Arabistoni tomonining yuqori darajada ishtiroki bilan bogʻliq tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

    Muzokaralarda umumiy kun tartibining boshqa masalalari ham koʻrib chiqildi