Memorandum doirasida quyidagi yoʻnalishlar belgilandi:
- xorijiy fuqarolarning qonuniy bandligini taʼminlash va huquqlarini himoya qilish;
- noqonuniy mehnat migratsiyasining oldini olish;
- bandlik tizimidagi ilgʻor tajribalar bilan oʻzaro almashish.
Shuningdek, ikki mamlakat mutaxassislari mehnat migratsiyasiga oid qonunchilikni monitoring qilish, maʼlumot almashish va qoʻshma maslahatlashuvlar oʻtkazishni yoʻlga qoʻyadilar.
Tomonlar oʻzbekistonlik fuqarolarni Serbiyada ishga qabul qilish tartibini muvofiqlashtirish maqsadida texnik bayonnoma ishlab chiqishni ham rejalashtirgan.








