Oʻzbekiston va Shveysariya hamkorligining huquqiy asoslari yanada mustahkamlanadi

    Xalqaro hamkorlik 28 Mart 2024 582

    Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligida Shartnoma-huquq boshqarmasi boshligʻi Amir Sultonov va Shveysariya elchisi Konstantin Obolenskiy oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Shveysariya oʻrtasida ishlab chiqilayotgan ikki tomonlama hujjatlar, shuningdek, boʻlgʻusi yuqori darajadagi tashriflar doirasida imzolanishi mumkin boʻlgan bitimlar yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.

    Tomonlar ularni koʻrib chiqishni tezlashtirish toʻgʻrisida kelishib oldilar.

    Uchrashuvda, shuningdek, Oʻzbekiston -Shveysariya hamkorligining shartnomaviy-huquqiy bazasini takomillashtirish maqsadida iqlim oʻzgarishi, “yashil” energetika, turizm, qishloq xoʻjaligi, sertifikatlashtirish, huquqiy yordam, “aqlli shahar” boshqaruvi, sunʼiy intellekt kabi istiqbolli sohalarda ikki tomonlama xalqaro shartnoma va hujjatlarni ishlab chiqish hamda imzolash masalalari ham muhokama etildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.