Oʻzbekiston va Tojikiston yetakchilari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

    Hukumat 21 Iyul 2022 3775

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-iyul kuni Choʻlponota shahrida oʻtayotgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi doirasida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish asosida yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

    Savdo, sanoat, qishloq xoʻjaligi, energetika, transport va logistika sohalarida qoʻshma loyihalarni ilgari surish hamda amaliy hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

    Oʻzbekiston va Tojikiston Prezidentlari dolzarb mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.