Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida muntazam aviaqatnovlar tiklanmoqda

    Ijtimoiy hayot 17 Yanvar 2021 1812

    Joriy yilning 20-yanvar kunidan eʼtiboran “Uzbekistan Airways” kompaniyasi Toshkent – Dushanbe – Toshkent yoʻnalishida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi.

    Qatnovlar haftaning chorshanba kunlari bajariladi.

    Toshkent – Dushanbe yoʻnalishida uchish vaqti 08:00, qoʻnish 09:00.

    Dushanbe – Toshkent yoʻnalishida uchish vaqti 11:00, qoʻnish 12:00.

    Tojikiston tomonidan qatnovlar “Somon Air” MCHJ tomonidan haftaning juma kunlari amalga oshiriladi.