Oʻzbekiston va Tojikiston xalqlarini uzoq oʻtmishga borib taqaladigan munosabatlar, mushtarak maʼnaviy va diniy qadriyatlar, anʼanalar hamda boy madaniy meros bogʻlab turadi.
Har ikki mamlakatda ham asrlar davomida shakllanib kelgan doʻstlik, oʻzaro hurmat va yaxshi qoʻshnichilik anʼanalari asrab-avaylanib, boyib bormoqda.
Ushbu madaniy tadbir buning yaqqol tasdigʻi boʻldi. Konsert dasturida birodar xalqlarimizning betakror va boy madaniyatini aks ettiruvchi milliy musiqa va sahna sanʼatining eng sara asarlari ijro etildi.
Oʻzbekiston va Tojikiston sanʼatkorlari hamda ansambllarining birgalikdagi chiqishlari oʻzaro anglashuv, maʼnaviy yaqinlik va faol madaniy muloqot ramzi boʻldi.