Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov, ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonov hamda Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov, Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan, ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya va Milliy razvedka tashkiloti direktori Ibrahim Kalinlar ishtirok etdi.
Shuningdek, uchrashuvda mintaqaviy muammolar bilan bir qatorda terrorizm va ekstremizm, tartibsiz migratsiya va kontrabandaga qarshi birgalikda kurashish yoʻllari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida ikki davlat oʻrtasidagi aniq hamkorlikni institutsionallashtirish va tizimli davom ettirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” imzolandi.
“Yoʻl xaritasi” siyosiy hamkorlik va parlament diplomatiyasi sohalarida amalga oshirilishi lozim boʻlgan aniq qadamlar: savdo, iqtisodiyot va investitsiyalar, mudofaa, xavfsizlik va ichki ishlar hamda madaniy-gumanitar sohalarni oʻz ichiga oladi, — deyiladi Turkiya TIV xabarida.