Oʻzbekiston va Turkmaniston multimodal transport yoʻlaklari oʻtkazish boʻyicha hamkorlik qiladi

    Transport 6 Iyun 2022 1287

    Ashxobodda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Oʻzbekmendemiryollary” agentligi, hamda Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi transport va kommunikatsiya agentligi vakillari oʻrtasida ikki tomonlama muzokaralar boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuv ishtirokchilari tomonidan oʻzaro hamkorlik rivojining ijobiy dinamikasi va bugungi kunda boshqa transport turlari bilan hamkorlikda ikki mamlakat iqtisodiyoti va aholining ehtiyojlari taʼminlanayotgani qayd etildi.

    Multimodal transport yoʻlaklari boʻylab konteyner yuk tashishni tashkil etish, tranzit qatnovlarida yuk tashishni koʻpaytirish, infratuzilmani rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasi sohadagi hamkorlik hamda boshqa qator masalalar muhokama etildi.

    Tomonlar kelgusida hamkorlikni rivojlantirish, xususan, temir yoʻl transporti orqali harakatlanayotgan tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisida dastlabki maʼlumot almashish, harakat tarkibining xizmat muddatini mukammal taʼmirlash, modernizatsiya qilish va uzaytirish sohasidagi hamkorlikni davom ettirish, yuklarni tashish hajmini yanada oshirish uchun oʻzaro hamkorlik amaliyotini davom ettirish, shuningdek, infratuzilma loyihalarida hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

    Uchrashuv yakunida tegishli protokol imzolandi, deb xabar beradi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati.