O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqdilar

    Hukumat 9 Noyabr 2023 3145

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Suhbat avvalida Turkmaniston Prezidenti Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

    Ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari hamda oliy darajadagi kelishuvlar ijrosi batafsil ko‘rib chiqildi.

    Tomonlar O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik va chuqurlashgan strategik sheriklik izchil rivojlanib, mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

    Savdo, sanoat, energetika, suv xo‘jaligi, transport va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlik kengaymoqda.

    Hududlararo va madaniy-gumanitar aloqalar faol. Joriy yil oktyabr oyida Turkmaniston va O‘zbekiston madaniyat kunlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

    Ikki mamlakat Prezidentlari mintaqaviy kun tartibi va ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqdilar.