Oʻzbekiston va Turkmaniston yetakchilari muzokara oʻtkazdilar

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-dekabr kuni Ashxobod shahriga kelgach, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Davlatimiz rahbari Turkmaniston yetakchisini tarixiy sana – doimiy betaraflikning o‘ttiz yilligi bilan samimiy tabrikladi hamda ushbu muhim voqeaga bag‘ishlab ertaga o‘tkaziladigan xalqaro forum ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.

    Suhbat davomida Oʻzbekiston – Turkmaniston strategik sheriklik, doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini, birinchi navbatda, siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, madaniy hamda gumanitar sohalarda yanada kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

    Oʻzbekiston va Turkmaniston yetakchilari mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni ham koʻrib chiqdilar.