Oʻzbekiston va Vengriya Hukumati oʻrtasida havo qatnovi toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi

    “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-135-son, 19.03.2024-y.) qabul qilindi.

    Qarorga koʻra, Oʻzbekiston va Vengriya Hukumati oʻrtasida havo qatnovi toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi.

    Bitim 2023-yil 19-avgust kuni Budapesht shahrida imzolangan.

    Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.

    Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi.