Tomonlar investitsiyalarni jalb etish, eksport hajmini oshirish, savdo aloqalarini mustahkamlash va mamlakatlar oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish borasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
Gabor Yeney Oʻzbekiston bilan hamkorlikni yuqori baholadi. “Soʻnggi ikki yil davomida 5 ta biznes-forum oʻtkazildi. Bu qoʻshma loyihalarni amalga oshirishdan tomonlarning oʻzaro manfaatdorligidan dalolatdir”, — dedi u.
Tomonlar, shuningdek, IT, qishloq xoʻjaligi, mashinasozlik kabi sohalarda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish va eksport salohiyatini oshirishga eʼtibor qaratdilar.
Bundan tashqari, mamlakatning sarmoyaviy va eksport salohiyatini oshirish boʻyicha aniq chora-tadbirlari muhokama etldi. Oʻzbekistonda pilot loyihalarini amalga oshirish uchun bir nechta nufuzli Vengriya kompaniyalarini tanlash, ikki davlat salohiyatini keng targʻib etish maqsadida Oʻzbekiston va Vengriya biznes vakillarining xalqaro koʻrgazmalar va savdo missiyalaridagi ishtirokini tashkil etish taklif etildi.
Agentlik Oʻzbekiston tomoni tashabbusi bilan Vengriyada bir qator iqtisodiy tadbirlarni tashkil etishga tayyorligini maʼlum qildi.
Uchrashuv yakunida Oʻzbekistonda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish boʻyicha nufuzli kompaniyalar roʻyxatini aniqlash, qoʻshma tadbirlarni tashkil etish, hamkorlikda biznes-forumlar oʻtkazish toʻgʻrisida kelishib olindi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.