Uchrashuvda А.Абдуҳакимов Oʻzbekiston Xitoy Xalq Respublikasi qum boʻronlari va choʻllarni nazorat qilish boʻyicha milliy kengashi, shuningdek, Xitoy Fanlar akademiyasining Shinjon ekologiya va geografiya instituti bilan qurgʻoqchil hududlarni rivojlantirishga qaratilgan texnologiyalarni amalga oshirishda yaqindan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi. Bundan tashqari, vazir Xitoyning ushbu sohadagi yetakchi olim va mutaxassislarini Toshkentdagi Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (“Green University”)ga ishlashga taklif qildi.
Maʼlumot uchun, avvalroq Oʻzbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi delegatsiyasi Xitoyning Urumchi va Karamay shaharlarida boʻlib, Xitoy Fanlar akademiyasi Shinjon ekologiya va geografiya instituti faoliyati bilan tanishgan edi. Xitoy tomoni choʻl va qurgʻoqchil hududlar ekotizimlarini saqlash va tiklash sohasidagi yutuqlar, jumladan, qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun kelgusida foydalanish uchun tuproqni shoʻrlantirish texnologiyalarini namoyish etgandi.
Uchrashuv yakunida tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil yanvar oyida XXRga rasmiy tashrifi chogʻida imzolangan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimni amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida qoʻshma ishchi guruh tuzishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi.