Uchrashuvda А.Абдуҳакимов Oʻzbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar har tomonlama yangi bosqichga koʻtarilayotganini taʼkidladi.
А.Абдуҳакимов Oʻzbekiston ekologik toza “yashil” texnologiyalarni oʻrganish va joriy etish, bu sohaga Xitoydan investitsiyalarni jalb etish, qattiq maishiy chiqindilar, elektron chiqindilar (e-waste) bilan ishlash, “waste-to-energy” tamoyili boʻyicha chiqindi gazidan energiya ishlab chiqarish boʻyicha hamkorlikdan manfaatdor ekanini taʼkidladi.
Uchrashuv doirasida ishtirokchilar Ekologiya vazirligi, sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi hamda vazirlik huzuridagi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.
Maʼlumot uchun: XXR tomonidan tadbirda integratsiyalashgan ekologik yechimlarni taqdim etuvchi “Sichuan Zhengsheng Environmental Technology Co., Ltd” kompaniyasi, “ZISEN” atrof-muhit va texnologiya kompaniyasi, atrof-muhitni muhofaza qilish uchun mashina va uskunalar ishlab chiqaruvchi “Chengdu Kaiya Mei Environmental Protection Machinery Manufacturing” kompaniyasi, “Henan Lianfagaosheng Environmental Technology Co., Ltd.” atrof-muhit va texnologiya kompaniyasi, “Sichuan Zhonglong Environmental Protection Co., Ltd” Sichuan atrof-muhitni muhofaza qilish kompaniyasi, “Xitoy koʻpriklari va mostlari” korporatsiyasi, aqlli shahar yoritgichi va binolarni landshaft yoritgichi uchun kompleks yechimga qaratilgan “Sichuan Etherbas Technology Development Co. , Ltd.” kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.
Oʻz navbatida xitoylik tadbirkorlar Oʻzbekiston bilan hamkorlik qilish, jumladan, loyihalarni amalga oshirish va oqava suvlarni tozalash uskunalarini ishlab chiqarish, shovqinni kamaytirishni talab qiluvchi muhandislik inshootlarini taʼmirlash, temir yoʻl transporti, energetika, sanoat, neft-gaz va boshqa sohalarida hamkorlik qilish boʻyicha oʻz rejalari bilan oʻrtoqlashdi, deb xabar beradi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim vazirligi matbuot xizmati.