Uchrashuvda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi, xususan, Oʻzbekiston xorijiy sarmoyalarni jalb etish boʻyicha ulkan salohiyatga ega ekanligi taʼkidlandi.
Shuningdek, uchrashuv davomida Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining faoliyati bilan tanishtirildi. Investorlar Alyansi Liderlar klubi vakillari Oʻzbekistondagi farmatsevtika sanoati sohasiga va yirik qurilish loyihalarda ishtirok etishga qiziqish bildirdi.
Uchrashuv ishtirokchilari Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash maqsadida biznes-forum oʻtkazish imkoniyatlarini ham muhokama qildi. Uchrashuv ikki davlat oʻrtasida iqtisodiyot va sarmoyaviy sohalarda sheriklik aloqalarini oʻrnatish va hamkorlikni kengaytirishga qaratildi, deb xabar beradi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.