O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi madaniy aloqalar yana-da ravnaq topadi

    Mamlakatimizning Pekindagi elchixonasida Xitoyning Shandun provinsiyasida joylashgan Konfutsiy nomidagi drama teatri direktori Sia Yang bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuv chog‘ida Xitoy tomoniga O‘zbekistonning boy tarixi va madaniyati hamda sayyohlik sohasidagi ulkan salohiyati, davlatimiz tomonidan madaniy-gumanitar sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlar haqidagi muhim maʼlumotlar taqdim etildi.

    Shuningdek, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik madaniy aloqalarning zamonaviy rivojlanishi yuzasidan ham atroflicha fikr almashilgani barobarida o‘zaro hamkorlikda tadbirlar o‘tkazish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.

    Sia Yang joriy yilda Xitoyning «Bir makon bir yo‘l» tashabbusiga 10 yil to‘lishi munosabati bilan hamda O‘zbekiston-Xitoy xalqlari madaniyati va sanʼati yili doirasida Toshkent va Samarqand shaharlarida bir qator madaniy tadbirlar o‘tkazish taklifini bildirdi.