Xalqaro konferensiyada Chjeszyan provinsiyasi Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) doimiy qoʻmitasi aʼzosi, Chjeszyan XKP qoʻmitasi Bosh kotibi Syu Si Ven rahbarligidagi Xitoy delegatsiyasi hamda mamlakatimizning qator tashkilotlari rahbarlari qatnashdilar.
Anjuman yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi va Xitoyning « Zhejiang Loong Airlines Co, LTD» aviakompaniyasi oʻrtasida Xitoydan Oʻzbekistonga sayyohlik oqimini koʻpaytirish boʻyicha oʻzaro anglashuv Memorandumi imzolandi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.
Eslatib oʻtamiz, Xitoyning «Loong Air» aviakompaniyasi 16-iyunda Samarqand va Sian oʻrtasida muntazam reyslarni yoʻlga qoʻygan edi.