O‘zbekiston va Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbolli yo‘nalishlari muhokama etildi.
O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati gumanitar tashkiloti faoliyati, shu jumladan, uning maqomini qonunchilikda mustahkamlash, Jamiyatning 100 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazishga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, xalqaro gumanitar huquqni tatbiq etishning samarali mexanizmlari ham atroflicha muhokama etildi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.