Uchrashuv davomida tomonlar ikki davlat oʻrtasidagi sayyohlik almashuvini oshirish uchun amaliy hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.
Muzokaralar natijasida Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasida 2025-2027-yillarga moʻljallangan turizm sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Shartnoma imzolash boʻyicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, mamlakatimizni chet elda tanitish maqsadida press-turlar, seminarlar, taqdimotlar, plenerlar, koʻrgazmalar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish rejalashtirildi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.