Qayd etilishicha, 50 yoshli diplomat Toshkent davlat sharqshunoslik instituti (hozirgi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti) va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi I.Moʻminov nomidagi Falsafa va huquq institutini tamomlagan.
2005-yildan TIV tizimida, markaziy apparat va Pekindagi elchixonada turli lavozimlarda ishlagan. Shuningdek, davlatimiz rahbari huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori, Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori oʻrinbosari lavozimlarida ishlab kelgan.
2023-yildan Oʻzbekistonning XXRdagi elchixonasi maslahatchi-vakili, SHHT kotibiyati huzuridagi doimiy vakil.
Falsafa fanlari nomzodi, 25 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Rus, ingliz va xitoy tillarini mukammal biladi.