Xalqaro tadbir Nogironlik muammolari boʻyicha xalqaro alyans (IDA), Norvegiya va Gana hukumatlari tomonidan tashkil etildi.

Unda nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, davlat boshliqlari va hukumat rahbarlari, aloqador vazirlik va tashkilotlar mutasaddilari, xususiy sektor vakillari va fuqarolik jamiyati faollari ishtirok etmoqda.

Global sammitda BMT Barqaror rivojlanish maqsadlaridan kelib chiqqan holda, imkoniyati cheklangan insonlar hayotida aniq va amaliy oʻzgarishlar yuz berishiga xizmat qiladigan inklyuziv taraqqiyot talablarni tatbiq etish istiqbollari muhokama qilinmoqda.

Milliy markazdan olingan maʼlumotlarga koʻra, koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq sharoitlarni hisobga olgan holda, ikki kunlik ushbu anjuman onlayn shaklda boʻlib oʻtmoqda.