баннер
27 Mar 2025
09:07

    Oʻzbekiston xalq artisti Nafisa Toʻxtayeva vafot etdi

    Oʻzbekiston xalq artisti, mashhur maqom ijrochisi Nafisa Toʻxtayeva 83 yoshida vafot etdi.

    U Oʻzbekiston Davlat filarmoniyasida, Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansamblida xonanda sifatida ijod qilib, 50 dan ortiq mumtoz musiqa namunalarini “Oltin fond”ga muhrlagan.

    Uning ijrosidagi “Saraxbori Oromijon”, “Qashqachai Savti Sabo”, “Ey Nazokat” kabi kuylar xalqimiz maʼnaviy merosining durdonalariga aylangan. U nafaqat sanʼatkor, balki jonkuyar, oilaparvar va kamtarin inson sifatida hamkasblari va muxlislari yodida qoladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech