«Ustoz san'atkor, o'zbek teatr va kino san'atining yirik namoyondasi, o'zbekning atoqli va ardoqli ijodkori, o'z ijodiy uslubiga ega aktrisa, yurtning duogo'y onaxoni, samimiy va kamtarin inson, O'zbekiston xalq artisti To'tixon Yusupova tabarruk 86 yoshda bandalikni bajo keltirdi", deyiladi xabarda.
Ma'lumot uchun, To'ti Yusupova 1936 yilda Samarqand viloyatida tavallud topgan. 1957 yildan teatrda faoliyat ko'rsatadi. 1970 yili "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist”, 1993 yili "O'zbekiston xalq artisti” faxriy unvonlari bilan mukofotlangan. 2000 yili "el-yurt xurmati” ordeni, 2014 yili "Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.