Bu haqda Oʻzbek Milliy Akademik drama teatri maʼlum qildi.
Yoqub Ahmedov 1938-yil 3-yanvarda Namangan shahrida tugʻilgan. A.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik sanʼati institutini tamomlagan. 1958-yildan boshlab Hamza nomidagi Oʻzbek davlyat (hozirgi Oʻzbek Milliy) akademik drama teatrida aktyor, keyinchalik teatr direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan.
U ellikdan ortiq spektakllarda asosiy rollarni mahorat bilan talqin etgan, teatr sanʼatining rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan. Shuningdek, u koʻplab filmlarda suratga tushigan va dublyaj ustasi sifatida ham tanilgan.
Milliy teatr sanʼati rivojiga ulkan hissa qoʻshgan Yoqub Ahmedov oʻzining yuksak mahoratli rollari, betakror ovozi va yuksak insoniy fazilatlari bilan muxlislar qalbidan chuqur joy olgan edi. Uning ijodi butun bir avlod aktyorlari uchun maktab boʻlib xizmat qilgan.
Yuz.uz jamoasi marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.








