Oʻzbekiston xalq baxshisi Baxshiqul baxshi Togʻayev vafot etdi

    Oʻzbekiston xalq baxshisi, II Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali sovrindori, koʻplab respublika va xalqaro tanlovlar gʻolibi, davlat mukofotlari soxibi Baxshiqul baxshi Togʻayev 64 yoshida vafot etdi.

    Baxshiqul Togʻayev ibratli umr kechirdi. U baxshichilik sanʼatini rivojlantirishda, uni xalqaro miqyosda keng targʻib etishda fidokorona xizmat qilib, jonkuyar va samimiy inson sifatida yurtdoshlarimizning qalbida mangu yashaydi.

    Yuz.uz tahririyati Baxshiqul baxshi Togʻayevning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.