Janoza 26-avgust soat 10:00 da Boysun tumani “Munchoq” mahallasida boʻladi.
Shoberdi baxshi Boltayev 1993-yil Oʻzbekiston Prezidentining faxriy yorligʻi, 2002-yil “Oʻzbekiston xalq baxshisi” unvoni, 2007-yil “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi.
Shoberdi baxshi Boltayevning repertuaridan “Alpomish”, “Oltin qovoq”, “Ollanazar Olchinbek”, “Kuntugʻmish”, “Suluvxon”, “Sanam gavhari”, “Malla savdogar”, “Oyparcha” kabi dostonlar va “Doʻmbiram”, “Mexmondir”, “Tilar”, “Nima kerak”, “Bilmadi”, “Oypari” kabi termalar oʻrin olgan.
Shoberdi baxshi Boltayev 1999-yildan Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. 2002-yil “Oyparcha” nomli termasi “Taffakur” nashriyotida, 2019-yil “Malla savdogar” nomli dostoni “Akademiya” nashriyotida chop etildi.








