O'zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova vafot etdi

    Tashvishli xabar 13 Yanvar 2023 3188

    O'zbekiston xalq shoiri, “Do'stlik”, “El-yurt hurmati” ordenlari sohibi Enaxon Siddiqova 1954 yil 28 avgustda Farg'ona viloyati Oltiariq tumanida tavallud topgan.

    U 1976 yil Farg'ona davlat institutining filologiya fakul`tetini tamomlagan. Oltiariq va Farg'ona tumanlari maktablarida o'qituvchi, maktab direktori vazifalarida ishlagan. “Farg'ona haqiqati”, “Ferganskaya pravda” gazetasi, Farg'ona viloyati hokimi o'rinbosari kotibiyatida faoliyat olib borgan. Hozir O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg'ona viloyati bo'limi rahbari.

    Enaxon Siddiqovaning “Qorako'z turnalar”, “Sumanbar nasim”, “Ko'ngil ufqlari”, “Ishq ifori” kabi she'riy to'plamlari, “Sirli tun faryodi” hikoyalar majmuasi, “Qizoyimlarga kelinlik saboqlari”, “Tibbiyot fidoyilari”, “Xaloskorlik”, “E'zozli ayollar” kabi publitsistik asarlar nashr etilgan.