Oʻzbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf haqida film suratga olinmoqda

    Madaniyat 11 Fevral 2021 4032

    Oʻzbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Ijod studiyasi” tomonidan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK va Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti bilan hamkorlikda “Muhammad Yusuf: Ulugʻimsan Vatanim!” badiiy-publitsistik hujjatli filmi suratga olinmoqda.

    Mazkur film Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bagʻishlangan boʻlib, unda taniqli ijodkorlarning intervyulari va xotiranomalar oʻrin olgan. Shuningdek, shoirning shartli obrazi orqali ijodiy kayfiyati, iztiroblari, yozish jarayonlari manzarasi yoritiladi. Muhammad Yusuf tugʻilib oʻsgan qishloq, 1970-1990-yillardagi adiblar anjumanlari, gazeta va jurnallarda chop etilgan sheʼrlari, oʻzining ishtirokidagi video xronikal tasvirlardan foydalaniladi.

    Film ssenariy mualliflari Iqbol Meliqoʻziyev, Doston Hojimatov, postanovkachi rejissyor Iqbol Meliqoʻziyev, badiiy rahbar Ibrohim Yoʻldoshev.