Viloyat hokimligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda shoir va yozuvchilar, adabiyot muxlislari, oliy oʻquv yurtlari, umumtaʼlim maktablari oʻqituvchi, talaba va oʻquvchilari, keng jamoatchilik vakillari, ijodkor yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir avvalida ishtirokchilar tomonidan Muhammad Yusuf byusti poyiga gulchambarlar qoʻyilib, marhum shoirga ehtirom koʻrsatildi.
Muhammad Yusuf oʻz ona xalqining yuksak orzu-intilishlari, armonlari, ertangi kunga boʻlgan umid va ishonchini oʻz ovozi, oʻz sozi bilan joʻshib kuylagan. Ayniqsa, uning vatanparvarlik, millatsevarlik mavzusidagi sheʼrlari har bir oʻzbekning yuragidan mustahkam joy olgan.
Tadbirda soʻz olgan Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov shoir hayoti va ijodi, ayniqsa, uning yurtni, yuksak insoniy fazilatlarni ulugʻlovchi betakror satrlari xalqimiz qalbidan mustahkam joy olganligi, yoshlarimizda vatanparvarlik, yurtga fidoyilik tuygʻularini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini taʼkidladi