Mehnat faoliyati
"Sharq yulduzi" jurnalida adabiy xodim (1965), boʻlim boshligʻi (1971 — 76), "Saodat" jurnalida boʻlim mudiri (1976-85), "Gulxan" jurnali bosh muharriri (1985—94), "Milliy va ijtimoiy barqarorlik" jamgʻarmasi raisi (1993—95). "Saodat" jurnali va uning ilovasi "Gulchehralar" gazetasida bosh muharrir (1994-yildan).
Ilk kitobi — "Shabnam" (1970). "Manzillar" (1971), "Men sevgan qoʻshiq" (1972), "Orzu guli" (1974), "Tarovat" (1976), "Dostonlar" (1980), "Xushxabar" (1983), "Mushfiq onajon" (1983), "Chashmalarni izlayman" (1986), "Tamal toshi" (1988), "Ishonch yulduzlari" (1989), "Koʻzimning oqu qorasi" (1996), "Panohim" (1998) kabi sheʼriy toʻplamlar muallifi. Ijodida inson qalbi kechinmalari xalqona ohanglarda oʻziga xos talqi-nini topgan ("Navo", 1977).