Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Oʻzbekistonga iyul oyida 174,2 million dollarlik gaz import qilingan. Bu 2023-yil iyuliga nisbatan 174 baravar koʻp. Yaʼni oʻtgan yilning iyul oyida xorijdan 1 million dollarlik gaz sotib olingan.

Statistik raqamlarga qaraganda, joriy yilda Oʻzbekiston gaz importiga quyidagi miqdorlarda mablagʻ sarflangan:

— Yanvarda — 35,6 million dollar;

— Fevralda — 131,1 million dollar;

— Mart — 193,6 million dollar;

— Aprel — 102,6 million dollar;

— May — 108,4 million dollar;

— Iyun — 166,3 million dollar.

Oʻtgan 7 oyda mamlakatga 983,7 million dollarlik tabiiy gaz import qilingan. Oʻtgan yilning mos davridagi koʻrsatkich esa 201 million dollarga teng boʻlgan.