Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, uzum eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 41,6 ming tonnaga oshgan.

O‘tgan 10 oy mobaynida O‘zbekiston eng ko‘p uzum eksport qilgan davlatlar orasida Rossiya birinchi o‘rinni egallab turibdi – 140 ming tonna.

Keyingi o‘rinlardan mos ravishda 48,8 ming tonna hamda 16,7 ming tonna uzum eksport qilingan Qozog‘iston va Qirg‘iziston joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

Xitoy – 7,3 ming tonna;

Turkiya – 5,9 ming tonna;

BAA – 4,8 ming tonna;

Belarus – 3,8 ming tonna;

Ozarboyjon – 2,6 ming tonna;

Iroq – 2,2 ming tonna;

Eron – 1,9 ming tonna.