Humans kompaniyasi Oʻzbekistondagi beshinchi uyali aloqa operatoriga aylandi. 19-avgustdan 15-sentyabrga qadar kompaniya SIM-karta va bank kartalariga oldindan buyurtma olishni boshlaydi.

2020-yilning avgust oyida Humans Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlanitirish vazirligidan AA 0007069 - sonli litsenziyani oldi. 19-avgustdan 15-sentyabrga qadar kompaniya SIM-karta va bank kartalariga oldindan buyurtma olishni boshlaydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Humans kompaniyasi ikki oylik faoliyati yakunlari va yaqin kelajakdagi rejalarini eʼlon qildi. Eʼlon qilingan yangi mahsulotlar qatoridan mobil aloqa operatori xizmati, bank kartasi hamda mahsulotlar va xizmatlarning onlayn vitrinasi oʻrin olgan. Kompaniya, shuningdek, oʻzining har bir sodiq mijoziga 15 ming soʻm miqdorida keshbek taqdim etdi.

“Avvalom bor, Humansning Oʻzbekistondagi mavqeiga aniqlik kiritmoqchiman. Biz - beshinchi uyali aloqa operatorimiz. Kompaniya oʻz faoiyatini boshlash uchun barcha ruxsatnomalarni (litsenziyalar) qoʻlga kiritdi. Biz Oʻzbekistonda mobil aloqa aynan qanday boʻlishi bilan bogʻliq tasavvurni butunlay oʻzgartiramiz. Siz oʻzingizga qancha trafik kerakligini oʻzingiz belgilashingiz mumkin: kam daqiqa, ammo koʻp gigabayt yoki aksincha, koʻp daqika va kam gigabayt. Siz trafik paketidan butunlay voz kechishingiz mumkin yoki aksincha, uch, oʻn va oʻttiz kunga cheksiz trafikni ulash imkogniga ega boʻlasiz. Shuningdek, biz foydalanuvchilarimizga messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar, musiqa ilovalari va video-servislariga cheksiz kirishni sotib olish imkonini beramiz. Masalan, 25 ming soʻm evaziga bir oyga cheksiz Instagram va cheksiz YouTubeni ulash mumkin boʻladi.

Afsuski, karantin cheklovlari va ofisning masofaviy ishlash tartibi loyihaning muddatida ishga tushirilishiga taʼsir qildi. Shu bois, Humans pulli uyali aloqa operatori xizmatlari va bank kartalaridan foydalanish sentyabr oyida boshlanadi. 15-sentyabrga qadar oldindan buyurtma berishni qoʻllagan har bir mijoz uchun depozit evaziga cheksiz aloqa taqdim etiladi. Xizmatni ulaganlar esa, ularning depozitida 300 ming soʻmdan kam boʻlmagan mablagʻ evaziga bir oy davomida cheksiz va tekin aloqadan foydalanish imkonini qoʻlga kiritadilar,” – deydi, Humans asoschisi va rahbari Vladimir Dobrыnin.

Humans SIM-kartlari va bank kartalari uchun oldindan buyurtma berish 19-avgustdan boshlanadi. Tanlash va buyurtma berishni HUMANS.uz ilovasi yoki sayt orqali amalga oshirish mumkin.

Humans bank kartasi - VISA toʻlov tizimi hisobida oʻzbek soʻmi mavjud boʻlgan Oʻzbekistondagi yagona karta turidir. Ushbu karta nafaqat Oʻzbekistonning barcha doʻkonlarida, balki xorijda ham toʻlovlarni amalga oshirish uchun qabul qilinadi.