Oʻzbekiston yana bir xalqaro shartnomaga qoʻshildi

    Xalqaro hamkorlik 13 Yanvar 2022 1553

    “Xalqaro shartnomaga qoʻshilish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–80-son, 12.01.2022-y.) qabul qilindi.

    Qarorga muvofiq, Oʻzbekiston Koʻzi ojiz, koʻrishda nuqsoni boʻlgan va bosma axborotni idrok etishda boshqa jihatdan qobiliyati cheklangan shaxslarning nashr etilgan asarlardan foydalanishini yengillashtirish toʻgʻrisidagi Marokash shartnomasiga (2013-yil 27-iyun, Marokash) qoʻshildi.

    Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan masʼul vakolatli organ etib belgilandi.

    Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekistonning majburiyatlari bajarilishini taʼminlaydi.