Qarorda Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti imtiyozlari va immunitetlari toʻgʻrisidagi konvensiyaga (Nyu-York, 1946-yil 13-fevral) qoʻshilishi qayd etilgan.

Mazkur xalqaro shartnomaning amalga oshirilishida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan muhokamaga qoʻyilgan loyiha 17-iyulga qadar muhokamada boʻladi.