Oʻzbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda — TIV

    Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvi yuzasidan bayonot bilan chiqdi.

    «Oʻzbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda.

    Oʻzbekiston tomoni barcha taraflarni bosiqlikka, harbiy harakatlarni davom ettirishdan tiyilishga hamda mojaroni eng qisqa fursatlarda siyosiy tartibga solish uchun mumkin boʻlgan barcha choralarni koʻrishga chaqiradi.

    Mazkur mintaqadagi keskinlikning avj olishi yanada jiddiy oqibatlarga va keng koʻlamli harbiy qarama-qarshiliklarga olib kelishi mumkin, deb hisoblaymiz» — deyiladi Oʻzbekiston TIV bayonotida.