Taʼkidlanganidek, mamlakatda energiya ishlab chiqarish sohasida kattaligi jihatidan ikkinchi oʻrinda turuvchi mazkur elektrostansiyani qurish uchun 600 million dollar miqdorida investitsiyalar jalb qilish kutilmoqda.
Navoiy viloyati Zarafshon shahrida amalga oshirilayotgan mazkur loyiha shamol yordamida 3 GVt miqdorida elektr energiya ishlab chiqarish boʻyicha belgilangan maqsadlarga erishilishiga yordam beradi. Kompaniya Oʻzbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatidagi qayta tiklanuvchi manbalar ulushini 25 foizga yetkazishni rejalashtirmoqda.
— Oʻzbekistonda barqaror oʻsish surʼatlarini taʼminlashda tabiat oʻzgarishiga qarshi kurashish, shuningdek, dunyo iqlimini yaxshilash maqsadi yoʻlida aniq natijalarga erishish uchun birgalikdagi hamkorligimizda misli koʻrilmagan imkoniyatlar mavjud, — deydi BAA sanoat va ilgʻor texnologiya lar vaziri, tabiat oʻzgarishi boʻyicha maxsus vakil Sulton Ol Jaber nashrga bergan intervyusida. Zarafshondagi 500 MVt quvvatga ega stansiya 2024-yilning yakuniga qadar ishga tushadi va 500 ming uy xoʻjaligini elektr energiyasi bilan taʼminlash imkonini beradi.
Loyiha Jahon bankining Xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki va Yevropa rivojlanish va taraqqiyot banki mablagʻlari hisobiga moliyalashtirildi. Maqolada taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston Yaqin Sharqdagi yirik investorlar oʻrtasida qayta tiklanuvchi energiyalarga investitsiya kiritish uchun “qaynoq manzil”ga aylangan.
Saudiya Arabistonining “Acwa Power” kompaniyasi Oʻzbekistonda bugʻ elektr stansiyasi kombinatsiyalangan siklini qurish loyihasini moliyalashtirish masalalarini yakunlashga erishdi.
1,5 GVt quvvatga ega loyiha toʻliq amalga oshirilgach, Oʻzbekistonda elektr energiyasiga boʻlgan talabning 15 foizi qoplanadi va 2,2 million tonna karbonat angidrid chiqindilari havoga chiqarilishining oldi olinadi.