Oʻzbekiston yashil islom obligatsiyalarini chiqarishni rejalashtirmoqda

    Moliya 20 Iyul 2020 1175

    “Dunyo” AA matbuot xizmati xabariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi va Islom taraqqiyot banki SDG dasturi va Oʻzbekistonning moliyaviy bozorini rivojlantirish niyatlari toʻgʻrisidagi Bayonotni imzoladilar.

    2020-yil 16-iyul kuni ushbu shartnomani onlayn konferensiya shaklida imzolash jarayoni boʻlib oʻtdi.

    — Agentlik SDG dasturi va yangi moliyaviy vositalarni, xususan, Sukuk obligatsiyalarini ishlab chiqishga sodiqdir, chunki bu jarayon Oʻzbekistonda barqaror rivojlanish milliy maqsadlariga erishishdagi boʻshliqni bartaraf qiladi, — dedi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori Otabek Nazirov. — Oʻzbekiston dunyoning boshqa mamlakatlari qatori pandemiya tufayli ogʻir kunlarni boshdan kechirmoqda. Ushbu vaziyatda Oʻzbekiston Hukumati uzoq muddatli tiklanish strategiyasini qoʻllab-quvvatlashga va ishlab chiqarishga tayyor. Istiqbolli yondashuvni Agentlikning yangi, alternativ moliyalashtirish vositalarini ishlab chiqishni jadallashtirish niyatida ham koʻrish mumkin.

    «Oʻzbekistonda yashil Sukukni joriy qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha saʼy-harakatlar yuqori baholanmoqda. BMT Taraqqiyot dasturi ushbu yoʻnalishda hamkorlik qilishga va uni amalga oshirish jarayonini qoʻllab-quvvatlashga tayyor,» deya xulosa qildi BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovskaya shartnomani imzolash marosimida.

    Islom taraqqiyot bankining mamlakat dasturlari boʻyicha vitse-prezidenti Mansur Muxtor taʼkidlaganidek, ITB Oʻzbekistonning mamlakat rivojlanishi uchun moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish yoʻlidagi tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi.

    Shartnoma Oʻzbekistonda qimmatli qogʻozlar bozori uchun zarur asos yaratishga yordam beradi. Qoʻshma hamkorlik yangi moliyaviy vositani joriy qilish uchun huquqiy va institutsional bazani rivojlantirishga koʻmaklashadi va 2021-yilda islomiy moliyaviy mahsulotni chiqarish uchun keyingi qadamlarni qoʻyadi.