Oʻzbekiston yosh muhandislarining eng yaxshi gʻoyalari eʼtirof etildi

    Ta'lim 12 Sentabr 2025 1133

    9 nafar birinchi oʻrin gʻoliblari zamonaviy BYD Chazor elektromobillari bilan taqdirlandi.

    Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida “Eng yaxshi gʻoya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” koʻrik-tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

    Tanlov 2025-yil may–iyul oylarida 3 bosqichda tashkil etildi va unda 40 yoshgacha boʻlgan 1262 nafar iqtidorli yosh muhandis ishtirok etdi.

    Yakuniy natijalarga koʻra:

    • 9 nafar birinchi oʻrin gʻoliblari zamonaviy BYD Chazor elektromobillari bilan taqdirlandi;
    • 2-oʻrin egalari va “Barqaror rivojlanish uchun eng yaxshi ixtiro” nominatsiyasi gʻolibi xorijda toʻliq qoplanadigan stajirovkaga yoʻllanma oldi;
    • 3-oʻrin egalariga esa 37,5 mln soʻmlik pul mukofoti topshirildi.

    Mukofotlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbarlari tomonidan topshirildi.