Joriy yilning 6, 8 va 10-sentyabr kunlari Urugvayning Maldonado shahrida futbol boʻyicha xalqaro turnir boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Unda Oʻzbekiston yoshlar jamoasi (U-20) ham ishtirok etadi.
Turnirda Ravshan Haydarov shogirdlari Urugvay, Argentina va Braziliya U-20 milliy jamoalari bilan bahs yuritadi.