Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo kubogi final bosqichida ishtirok etadi. 18 mart kuni, soat 19:00 da  poytaxtimizdagi  "Bunyodkor" stadionida Iroq yoshlar terma jamoasiga qarshi final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Ertangi uchrashuv oldidan  terma jamoa bugun, Toshkentdagi "Lokomotiv" stadionida  so'nggi mashg'ulotini o'tkazdi.