O'zbekiston yoshlari Kuvaytni tor-mor qildi

    Sport 20 Aprel 2024 713

    Osiyo chempionati guruh bosqichining 2-turidan keyin ular peshqadamga aylanib oldilar.

    Yoshlar o'rtasida o'tayotgan Osiyo birinchiligi guruh bosqichining 2-turi doirasida O'zbekiston terma jamoasi Kuvayt termasi ustidan ishonchli g'alabaga erishib, keyingi bosqich masalasini hal qilib qo'ydi.

    5:0 hisobida yirik g'alabaga erishgan o'zbekistonliklardan Davronov 32-daqiqada hisobni ochgan bo'lsa, 49-daqiqada Hamroaliev, 55-daqiqada Erkinov, 86-daqiqada Xolmatov, 90+6-daqiqada Norchaev hisobni yirik ko'rinishga keltirdi.

    71-daqiqada kuvaytliklar futbolchisi Hamad at-Tavil futbolchimiz Abdurauf Bo'rievga qo'pollik ishlatgani uchun qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Shuningdek, 90+3-daqiqada hamyurtlarimiz bir penaltini ura olmadi.

    Shu tariqa O'zbekiston yoshlar termasi guruhda peshqadamga aylanib oldi. Narigi o'yinda V`etnam Malayziyani 2:0 hisobida engdi. 3-tur doirasida guruh peshqadamlari 23 aprel kuni kuch sinashadilar.

    Yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati, guruh bosqichi, 2-tur

    Kuvayt - O'zbekiston 0:5
    Gollar: Davronov 32, Hamroaliev 49, Erkinov 55, Xolmatov 86 pen., Norchaev 90+6

    Malayziya - V`etnam 0:2
    Gollar: Van Kang 39, Min Koa 60