Qitʼamizning 45 mamlakatidan 4000 nafardan ortiq yosh sportchisi ishtirok etgan mazkur musobaqada yosh atletlarimiz yuksak mahorat va jasorat koʻrsatib, murosasiz bellashuvlarda 37 ta oltin, 16 ta kumush va 28 ta bronza, jami 81 ta medal bilan umumjamoa hisobida Xitoydan keyin faxrli ikkinchi oʻrinni egallashdi.
Ushbu natijaning tarixiyligi shundaki, delegatsiyamiz I Osiyo yoshlar oʻyinlarida 3 ta bronza, II Oʻyinlarda esa 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qoʻlga kiritgan boʻlsa, bu gal mazkur raqamlar ancha salmoqli koʻrinish oldi.









