Unda Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisi Gayane Umerova, Oʻzbekistonning YUNESKO huzuridagi doimiy vakili Kamol Muxtorov va YUNESKO Ijroiya kengashi raisi Vera Lakey ishtirok etdi.
Uchrashuvda mamlakatning YUNESKO maqsadlariga sodiqligi va tashkilot faoliyatiga qoʻshayotgan doimiy hissasi eʼtirof etildi. Mazkur uchrashuv chogʻida Oʻzbekiston 2027-2030-yillar davomida YUNESKO Ijroiya kengashi aʼzoligiga nomzodini rasman ilgari surgani maʼlum qilindi.
Tomonlar madaniyatlararo muloqotni mustahkamlash, yangi tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash va 2025-yil noyabr oyida Samarqandda oʻtkazilishi rejalashtirilgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida muhokama qilinishi kutilayotgan loyihalar boʻyicha ham fikr almashdi.
Jamgʻarma axborot xizmati xabariga koʻra, uchrashuvda Oʻzbekistonning mazkur tashabbusi xalqaro madaniy hamkorlikka sadoqati va amaliy faoliyatining yorqin namunasi sifatida eʼtirof etildi.