WADA tomonidan 206 ta davlatlardagi Milliy antidoping tashkilotlar faoliyatini 4 guruhga bo‘lingan holda baholab boriladi. Bular, 1-guruh yuqori, 2-guruh yaxshi, 3-guruh qoniqarli va 4-guruh qoniqarsiz. O‘zbekiston bu guruhlardan antidoping sohasida yosh mamlakat bo‘lishiga qaramay 1-guruh, ya’ni faoliyati yuzasidan yuqori natijalar qayd etgan mamlakatlar qatoridan joy oldi. Bu guruhda MDH mamlakatlaridan O‘zbekiston, Belorus, Rossiya va Qozog‘iston joy olgan bo‘lsa, Ozarbayjon, Armaniston, Qirg‘iziston 2-guruhdan, Tojikiston, Turkmaniston va Maldova 3-guruhdan joy olgan.

Shu o‘rinda qanday sabablar asosida davlatlar bu guruhlarga bo‘linadi, degan savol yuzaga keladi. Butunjahon antidoping agentligi Kodeksi talablarini o‘z vaqtida bajarish, ya’ni sportchi, shifokor va murabbiylarni antidoping sohasidagi bilimlarini oshirish, doping sinamasi olish va ularni natijalari (ijobiy natijalar kamligi inobatga olinadi) hamda Xalqaro toifadagi doping ofiser va surushtiruv-ofiserlari mavjudligi va eng asosiysi muvofiqlik darajasi berilishiga qarab bo‘linadi.

Ma’lumot uchun aytib o‘tmoqchimiz, O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi Butunjahon antidoping Kodeksining muvofiqlik nazoratidan 2023 yil  II  choragida muvaffaqiyatli o‘tgan Milliy antidoping agentligi hisoblanadi.

Butunjahon antidoping agentligi tomonidan nomuvofiq deb topilgan mamlakatlarga nisbatan sanksiyalar qo‘llaniladi. Kodeks talablarini to‘liq, qisman yoki umuman talabga mos kelmaslik turlariga qarab sanksiyalar turlicha bo‘ladi. Misol uchun mamlakat nomidan xalqaro musobaqalarda ishtirok etmaslik, ishtirok etgan taqdirda mamlakat bayrog‘i ko‘tarilmasligi kabi jazo turlariga bo‘linadi.