Oʻzbekistonda “Jangovar hamdoʻstlik—2021” harbiy oʻquv mashgʻulot boʻlib oʻtdi

    Harbiy 2 Avgust 2021 2320

    Joriy yil 26-30-iyul kunlari Sharqiy harbiy okrugning “Gʻurumsaroy”dala oʻquv markazi bazasida Oʻzbekiston va Tojikiston harbiylari ishtirokida “Jangovar hamdoʻstlik—2021” maxsus taktik oʻquv mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi.

    Mashgʻulotlar vaqtida Oʻzbekiston va Tojikiston harbiylari oʻz harbiy faoliyati davrida orttirilgan koʻnikma va tajribalari bilan almashdilar,deb xabar beradi MDH Ijroiya qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi maʼlumotiga tayanib.

    30-iyulda Oʻzbekiston va Tojikiston Qurolli kuchlari tomonidan birgalikda oʻtkazilgan “Jangovar hamdoʻstlik—2021” maxsus taktik oʻquv mashgʻulotlarining asosiy bosqichlari nihoyasiga yetdi.

    Yopilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari, Qurolli kuchlar Bosh shtabi boshligʻi hamda Tojikiston Respublikasi mudofaa vaziri maslahatchisi general-mayor Azam Kasimov ishtirok etdilar.